"Qalbimizda mangu yashaydi"
Vaqt oqar daryo. U o'z izidan nechadir asrlarni, fasllarni va odamlarni olib ketadi. Ammo shunday insonlar borki, ularning jismoniy hayoti yakun topsada, qoldirgan asrlarga tatigulik ma'naviy merosi qalblarda mangu yashaydi. Bugun biz zaminimizni o'zining o'lmas asarlari, ezgu o'gitlari va nurli siymosi bilan bezagan ustoz yozuvchini yod etamiz. Ustoz deganda ko'z oldimizda oqibat va saboq, haqiqat hamda sadoqat timsoli gavdalanadi. Ustoz bizga chiroyli jumlalar bilan bezatilgan kitoblarni emas, hayotni sevishni, el-yurt dardini yurakdan o'tkazishni o'rgatdi. Har bir asari, har bir satri orqali qalbimizga ezgulik urug'ini qadadi. Qamchibek Kenja yozgan kitoblar β bu bitmas-tuganmas ma'naviyat bulog'i, qoldirgan yo'l esa ibrat makonidir. Bugun ustoz oramizda yo'qdek, lekin uning ovozi β asrlarga teng asarlari barhayot. Yozgan har bir satri, qoldirgan har bir o'gitlari bizga yo'l ko'rsatuvchi mash'aldir. Ustozni xotirlash, uning tavallud kunini yod etish β bu o'zligimizga, tariximizga va buyuk adabiyotimizga ko'rsatilgan hurmatdir. O'lmas so'z qoldirgan, qalbimizni nurga to'ldirgan aziz ustozimizning xotiralari hamisha yodimizda, porloq nomlari dillarimizda mangu yashaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling