2 onlayn
UZ RU EN

''Birlashib buyuk tarix yaratamiz''

09.10.2026 16:07 7 marta ko'rildi

#Birlashib_buyuk_tarix_yaratamiz

Izboskan tuman Axborot kutubxona markazida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Bunday suhbat va davra suhbatlari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz boʻylab tashkil etilmoqda. 

Ushbu davra suhbatini Izboskan tuman ma'naviyat va davlat tili masalalari bo'yicha hokim maslahatchisi Latipov Qudratillo Abdulhamidovich Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mustaqillik bayramidagi maʼruzasida ilgari surilgan gʻoyalar, Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ustuvor maqsadlar haqida batafsil so'zlab o'tdi. Suhbat davomida Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino kabi mutafakkirlarning boy ilmiy merosi hamda Uchinchi Renessans gʻoyalari yoshlarning milliy gʻururini oshirish va ilm-fanga hissa qoʻshishga undash asosiy mavzulardan biri ekanligi to'g'risida to'xtaldi. 

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?