1 onlayn
UZ RU EN

"Oʻzbek tili — millat koʻzgusi"

20.10.2026 15:02 7 marta ko'rildi
"Oʻzbek tili — millat koʻzgusi"



Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi boshchiligida 51-maktabda 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Oʻzbek tili — millat koʻzgusi" mavzusida adabiy-musiqiy kecha boʻlib oʻtdi.
8-sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazilgan mazkur tadbirda ona tilimizni ulugʻlovchi sheʼrlar, qoʻshiqlar va sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Tadbir davomida maktabning MMIBDOʻ G. Xamraqulova, psixolog M. Rejapova hamda kutubxona mudiri Oʻ. Ergashevalar soʻzga chiqib, yigʻilganlarni qutlugʻ bayram bilan samimiy tabrikladilar. Shuningdek, oʻz nutqlarida til boyligini oshirish va bilimlarini mustahkamlashda kitobxonlikning beqiyos oʻrni haqida alohida toʻxtalib oʻtdilar.

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?